Amerikaliklarga super-Wi-Fi va’da qilishmoqda

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

AQSH fuqarolariga super-Wi-Fi va’da qilishdi. Bu haqida The Washington Post amerika nashriyotida e’lon qilindi. Undagi ma’lumotlarga ko‘ra, aynan Aloqalar bo‘yicha Federal agentlik mazkur tashabbus bilan chiqqan. Bu rejani amalga oshirish, telekanallar foydalanayotgan chastotalar orasidagi “Oq spektor” deya nom olgan chastotalar orqali yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu tarmoq xozir mavjud bo‘lgan barcha Wi-Fi-tarmoqlardan kuchliroq bo‘lishi ta’kidlanmoqda. Agar bugungi kundagi standart

Wi-Fi tarmoqlari uzog‘i bilan 50 metrgacha qamrab olsa, yangi super Wi-Fi 100 kilometrgacha bo‘lgan masofada bemalol ishlashi mumkin. Shu bilan birga ma’lumot olish tezligi 29 Mbit/s. gacha oshishi mumkin. The Washington Post ning xabar berishicha, ushbu global Wi-Fi-tarmoqqa ulanish bepul bo‘ladi va tarmoqdan deyarli barcha mamlakat aholisi foydalanish imkonini qo‘lga kiritadilar. Ammo bu loyiha atrofida qizg‘in bahslar olib borilmoqda. Google va Microsoft tarafdorlarining ta’kidlashicha, yangi super-Wi-Fi-tarmoqning ishga tushishi, shubxasiz, butun mamlakatda innovatsion “portlash”ga olib keladi va bu texnologiya olami uchun ijobiy o‘zgarishlar davri bo‘ladi. Ammo boshqa tomondan, The Washington Post da e’tirof etilishicha, bu loyiha telekommunikatsion korparatsiyalar rahbarlarining jiddiy qarshiligiga uchragan. Ularning xavotiriga ko‘ra, butun mamlakat bo‘ylab bepul internet xizmati va ayniqsa, IP-telefonlarning internetga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanishi ularning biznesiga nuqta qo‘yishi mumkin.

Maqola darhol internetda foal muhokamaga sabab bo‘ldi. Uning muallifiga esa internet orqali mutaxasislar tomonidan kuchli tanqidlar yog‘ila boshladi. Ekspertlar va foydalanuvchilarning deyarli barchasi unga aniq va haqqoniy savol bilan murojaat etishmoqda: amerikaliklar uchun tekin super-Wi-Fi-setning xarajatlarini kim qoplaydi?

Jurnalistlarning "Tvittere" orqali yog‘dirgan savollariga javoban, muallif o‘zining “Aloqalar bo‘yicha federal agentlik mazkur tarmoqni yaratishni zimmasiga olgan”ligi haqidagi fikridan qaytishiga to‘g‘ri keldi. AQSH xukumati “Oq Spektor”dan qonunan foydalanish haqida 2011 yildayoq qaror qabul qilgan edi, biroq fiercebroadbandwireless.com dan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, buning ommaviy tarmoqqa aloqasi yo‘q, hukumat bu bilan ko‘pmilliardli telekommunikatsion bozor tashkil etishni nazarda tutgan. Unda eng yirik kompaniyalar ishtirok etib, yangi chastotalarni maxsus auksionlarda sotib oladilar. “Oq spektor”dan xususiy maqsadlarda foydalanish imkoni, mana bir necha yildirki, faqat Google va Microsoft kompaniyalariga berib kelinardi. “Oq spektor” orqali o‘tadigan yangi tarmoq haqidagi so‘ngi xabar shu haftada Keniyada tarqaldi. Ammo bu yerda ham Microsoft xizmatidan foydalanish tekinga tushmaydi. Umuman olganda, bu biz har kuni foydalanadigan oddiy Wi-Fi-set emas. Qolaversa, barcha internet foydalanuvchilar mobil aloqa vositalaridan foydalanishlari notug‘ri, sababi ro‘yxatdan o‘tmagan va ma’lum stansiya orqali boshqarilmaydigan tarmoq boshqa, aniq hisob bo‘yicha ishlovchi uskunalar va telestansilar faoliyatiga xalal berishi mumkin.

AQSH xukumati ham, o‘z o‘rnida, bu kabi ulkan loyihaga homiylik qilish niyatida emas. O‘tgan yili bahorda huddi shu kabi mish-mishlar internet orqali tarqalgandi. Unga ko‘ra bepul Wi-Fi –tarmoq butun Buyuk Britaniyani o‘rab olishi lozim edi. Bu loyihaning tashabbuschilari sifatida o‘shanda Google va Microsoft ko‘rsatilgandi. Ammo hozircha, bu borada ham biror yangilik yo‘q.

www.referat.arxiv.uz

Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80